
Afrikaning janubiy qirg‘oqlarida 60 mingdan ortiq pingvin sardina baliqlarining keskin kamayib ketishi oqibatida ochlikdan halok bo‘lgani aniqlandi. The Guardian yozganiga ko‘ra, ilmiy tadqiqot bu fojia asosida global iqlim o‘zgarishi va ortayotgan baliq ovlash sababiligini ko‘rsatmoqda.
2004–2012-yillarda Janubiy Afrikaning eng muhim ko‘payish hududlari — Dassen va Robben orollarida pingvinlar soni 95 foizdan ortiq kamaygan. Umuman, keyingi 30-yilda Afrika pingvinlari populyatsiyasi qariyb 80 foizga tushib ketgan.
Tullash davri — eng xavfli palla
Olimlar fikricha, pingvinlar asosan tullash jarayonida ochlikdan o‘lmoqda. Patlarini yangilash davri taxminan 21 kun davom etadi va bu vaqtda ular suvga kira olmaydi. Shu bois tullash oldidan yaxshi semirib olishlari shart, aks holda omon qolish qiyin.
Asosiy ozuqa yo‘qolib bormoqda
2004-yildan beri pingvinlarning bosh ovqati — Sardinops sagax sardinasi miqdori maksimal darajaning atigi 25 foiziga tushgan. Suv harorati va sho‘rlanish o‘zgarishi baliq ko‘payishini cheklab qo‘ygan. Shunga qaramay, mintaqada baliq ovlash yuqoriligicha qolmoqda.
2024-yilda Afrika pingvinlari “o‘ta xavf ostidagi tur” sifatida belgilangan. Hozirda ko‘payish qobiliyatiga ega juftliklar soni 10 mingdan ham kam.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.