date

Indoneziyada halokatli sel ofati qurbonlari keskin ortdi

Indoneziyada halokatli sel ofati qurbonlari keskin ortdi

Indoneziyaning Sumatra orolida sodir bo‘lgan kuchli suv toshqinlari va kuchaygan ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni keskin ko‘paydi. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, fojeada 1317 nafar inson halok bo‘lgan, yana 588 kishi haligacha bedarak hisoblanmoqda. Bu haqda mamlakatning tabiiy ofatlarni boshqarish milliy agentligi qayd etdi.

Ofat oqibatlari og‘ir:

-uch mingdan ortiq aholi jarohat olgan,

-sel oqimlari turar joylar, yo‘l infratuzilmasi va bir qancha muhandislik inshootlarini izdan chiqargan,

-qutqaruvchilar eng talofat ko‘rgan hududlarga yetib borishda qator qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mintaqadagi halokatli ofatlar uzluksiz bir hafta davom etgan yomg‘irlar bilan bog‘liq. Faqat so‘nggi ikki hafta ichida Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyoda kuzatilgan buzg‘unchi suv toshqinlari va ko‘chkilar 1500 dan ziyod insonning hayotiga nuqta qo‘ygan, qariyb 11 million aholiga ta’sir ko‘rsatgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi esa mazkur hududlardagi kuchli yog‘ingarchilik va toshqinlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘qligi haqida ma’lum qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyada halokatli sel ofati qurbonlari keskin ortdi