Roberto Badjo: Italiya Jahon Chempionatiga qaytsin

Roberto Badjo: Italiya Jahon Chempionatiga qaytsin
Italiyaning mashhur sobiq futbolchisi Roberto Badjo 2026-yil yozida bo'lib o'tadigan Jahon Chempionatiga Italiya terma jamoasining yo'llanma olish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. "Umid qilamanki, Italiya nihoyat Jahon Chempionatiga qaytadi.

U yerda bo'lishiga va chempionatni intiqlik bilan kutayotgan odamlarni xafa qilmasligiga ishonaman", – dedi Badjo Triveneto Goal nashriga. Italiya termasi 2026-yilgi Jahon Chempionati saralash bosqichida o'z guruhida Norvegiyadan keyin ikkinchi o'rinni egalladi.

Jannarro Gattuzo boshchiligidagi jamoa mart oyida Shimoliy Irlandiya terma jamoasiga qarshi pley-off o'yinida maydonga tushadi. Agar Italiya Jahon Chempionatiga yo'llanma olsa, Kanada, Qatar va Shveysariya termalari bilan bir guruhda o'ynaydi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar