
Turkiya Superligasining 15-turida Nuri Shaxin boshchiligidagi "Istanbul Bashakshehir" o‘z maydonida turnir jadvalida 2-o‘rinda borayotgan "Fenerbaxche" bilan kuch sinashib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 64-daqiqada esa PSJning sobiq futbolchisi Milan Shkrinyar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 81-daqiqaga kelib esa Abbosbek Fayzullayev o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Bertug Yildirim oradagi farqni yo‘qqa chiqardi va jamoasiga muhim ochkoni taqdim etdi. Abbosbek Fayzullayev 71-daqiqada zaxiraga olindi. Qolaversa, u 46-daqiqada sariq kartochka bilan jazolandi.
Turkiya Superligasi. 15-tur
Bashakshehir — Fenerbahche 1:1
Gollar: Yildirim 81 – Shkrinyar 64
Bashakshehir — Shengezer, Omer Ali, Duarte, Ba, Operi, Kemen, Umut (Ergun, 86), Fayzullayev (Yildirim, 71), Harit, Shomurodov.
Fenerbahche — Ederson, Alvares, Oydin, Demir, Merkan (Braun, 57), Semedu (Akturko‘g‘li, 20), Shkrinyar, Asensio, Duran, Fred, Taliska (Nene, 57)
Ogohlantirishlar: Harit 17, Fayzullayev 46 – Alvares 29, Merkan 52, Braun 73
Ma’lumot o‘rnida, "Bashakshehir" ushbu bellashuvdan so‘ng ochkolar sonini 17 taga yetkazib olib, 9-o‘ringa chiqib oldi. "Fenerbaxche" esa 33 ochko bilan 2-o‘rinni mustahkamladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.