21:20 / 21.12.2017
7 561

Koreya yarim orolida urush boshlansa “qiyomat” bo‘ladi

Koreya yarim orolida urush boshlansa “qiyomat” bo‘ladi
Avvalroq, AQSh rasmiylari Koreya yarim orolidagi ziddiyatni harbiy yo‘l bilan hal qilishga tayyor ekanligi to‘g‘risida xabar bergan edik. Ushbu yarim oroldagi mavjud ziddiyatning, harbiy yo‘l bilan yechim topishiga mutaxassislar turlicha fikr bildirmoqdalar.

Rossiya mudofaa vazirligining zaxiradagi general-leytenanti Yevgeniy Bujinskiyning fikriga ko‘ra, AQShning KXDRga harbiy zarbalar berish ehtimoli kam. Agar, shunday holat yuz bersa, “qiyomat” boshlanadi va Janubiy Koreya ham mojaroga qo‘shilib ketadi.

Shuningdek ekspert, “Agar tomonlar, harbiy zarba berishni boshlasa, Janubiy Koreya yakson qilinadi. Chunki, Janubiy Koreyaning hududida atom reaktorlari juda ko‘p va bu qiyomat degani bo‘ladi, shuning uchun men voqealarning bunday rivojlanishiga ishonmayman”, degan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturini rivojlanishiga yo‘l bermaslik uchun rejalar ishlab chiqmoqda, ammo, yarim orolda harbiy to‘qnashuvning yuz berishi, aqlga sig‘maydigan ishdir.

Shimoliy Koreya, so‘nggi paytlarda qit’alararo ballistik raketalar va ularga joylashtiriladigan jangovar kallaklarni ishlab chiqarishga kirishgan hamda bunga AQSh tomonidan qilinayotgan tahdidlar sabab, deb bayonot berib keladi.

BMT tomonidan KXDR ga qo‘llanilayotgan sanksiyalar hech qanaqa ta’sir ko‘rsatmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koreya yarim orolida urush boshlansa “qiyomat” bo‘ladi