09:32 / 09.01.2018
6 418

Moskva va Barcha Rus olami patriarxi Kirill qiyomat qoyim haqida fikr yuritdi…

Moskva va Barcha Rus olami patriarxi Kirill qiyomat qoyim haqida fikr yuritdi…
Yaqinda patriarx Kirill «Rossiya-1» telekanali muxbiri Dmitriy Kiselevga bergan intervyusida qiyomat qoyim tushunchasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
— Qiyomat qoyimni dunyo olimlari o‘z qarichi bilan o‘lchagan holda turli muddatlarga tayin etishmoqda, — dedi u. — Ammo bu xudoning g‘azabini keltiradi. Negaki, odamzod qiyomat qoyim aynan qay kuni bo‘lishini bilmaydi. Men din peshvosi sifatida shuni aytamanki, qiyomat qoyim qachonki yer yuzida yovuzlik, shafqatsizlik, mehrsizlik, oqibatsizlik hukm surib, odamlar qalbini muhabbat va mehr tark etsagina sodir bo‘ladi. O‘shanda yer yuziga turli ofatlar yog‘ila boshlaydi. Ofatlar men yuqorida aytib o‘tgan yovuzlik hukmdori hisoblanadi. Ofatni esa Yaratganning o‘zi yuboradi. Chunki Yaratgan egam bandalari bir-biriga nisbatan shafqatsiz, mehr-oqibatsiz bo‘lib qolishlariga toqat qila olmaydi. Yaratgan yaxshilikni, mehrni, shafqatni, odob-ahloqni, saxovatni xush ko‘radi. Agar shu xislatlar bizni tark etib ketsa, yovuzlik osongina yer yuziga o‘z hukmini o‘tkaza boshlaydi. Yovuzlik, ofat ham xudoyimning biz yerliklarga yuborgan jazosi ekanini unutmaylik. Bir so‘z bilan aytganda, qiyomat qoyim bu yer yuziga xudoyim yo‘llaydigan turli ko‘rinishdagi ofatlardir. Shuning uchun qiyomat qoyimdan hech bir banda qochib qutula olmaydi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva va Barcha Rus olami patriarxi Kirill qiyomat qoyim haqida fikr yuritdi…