Ukrainaning Xarkov shahar sudi saraton kasalliklari shifokorini 10 yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, shifokorning qizi o‘z turmush o‘rtog‘i bilan kelisha olmay qolgan va ajrashmoqchi bo‘lgan. Shu sababli kuyovning qaynotasi bilan munosabati yaxshi bo‘lmagan.
2015 yilning fevralida uyda hech kim yo‘qligidan foydalangan qaynota, kuyovning xonadoniga kirib oladi. Qaynota o‘z kiyimini almashtirib, kuyovini ishdan kutib olish uchun garajga boradi. Kuyov ishdan qaytganida, qaynotasi uning soniga ukol qiladi. O‘limidan bir necha daqiqa oldin kuyov o‘zining akasiga telefon qilib, o‘ziga qaynotasi tomonidan hujum qilinganini tushuntirishga ulguradi va vafot etadi.
Qotillikdan so‘ng qaynota kuyovining o‘limi tabiiy yo‘sinda ko‘rinsin, deb jasadni odamlardan holi hududga oli borib tashlaydi.
Ammo, tergov davomida qaynotaning saraton kasalliklari amaliyotchi shifokori ekani va unda odamni o‘ldirishi mumkin bo‘lgan dorilarni qo‘lga kiritish imkoni borligidan foydalanib, bu qotillikka avvaldan tayyorlangani isbotlandi.
Qotil qaynotaga qonunga muvofiq jazo tayinlandi. Lekin, qaynota o‘zini aybdor, deb tan olmadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi