Buyuk Britaniyaning Suffolk grafligida joylashgan Beri-Sent-Edmunds shaharchasida yashovchi Brendon Marshall mamlakatdagi eng bo‘yi baland o‘smir hisoblanadi. U Uels milliy basketbol jamoasida mashg‘ulotlarni boshlab yubordi, deb xabar berdi Daryo.
Brendon to‘qqiz yoshga to‘lganida bo‘yi tez o‘sa boshlagan. 13 yoshga kirganida bo‘yining balandligi 183 santimetrga teng bo‘lgan. 2017 yilda esa 211 santimetrga qadar o‘sgan bo‘lsa, 16 yoshida 224 santimetrga yetgan. Mutaxassislarning fikricha, u yana o‘sishni davom etadi.
Brendon milliy ligadagi basketbol jamoasida o‘ynagan, shundan so‘ng u Uels milliy basketbol jamoasiga qabul qilindi. Kuni kecha esa u bir oydan keyin bo‘lib o‘tadigan dastlabki professional uchrashuvi oldidan mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.
Brendon bo‘yining balandligi sabab o‘ziga mos ust-bosh, ayniqsa, oyoq kiyim topishda qiynaladi (oyog‘ining o‘lchami 52 ga teng). Bundan tashqari u suhbatlarga kirishuvchan emas va odamlar e’tiborini o‘ziga qaratishni yoqtirmaydi.
Ginnes rekordlar kitobida qayd etilishicha, dunyodagi eng baland bo‘yli o‘smir amerikalik Brok Braun hisoblanadi, uning bo‘yi 234 santimetrga teng. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi