Shimoliy Koreya muammosiga yechim topishda AQSh prezidenti Donald Tramp hamda davlat kotibi Reks Tillerson o‘rtasidagi qarama-qarshilik Tillersonning iste’fosiga sabab bo‘lgan. Bu haqda Reuters vaziyatdan xabardor manbalarga asosan xabar qildi deya Kun nashri ma’lum qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Tillerson eng boshidan Pxenyan bilan muloqot tarafdori bo‘lgan bo‘lsa, Tramp KXDRga maksimal bosim o‘tkazish kampaniyasini davom ettirishni mo‘ljallagan.
Shu sababdan davlat rahbari davlat kotibi Pxenyanga juda ham yon bosayotganidan xavfsiray boshlagan, deya aytib o‘tishdi manbalar.
Tramp juma, 9 mart kuni Oq uy apparati boshlig‘i Jon Kelliga Tillersonni iste’foga chiqishga tayyorgarlik ko‘rish haqida ogohlantirish vazifasini topshirgan. Manba so‘zlariga ko‘ra, Kelli prezidentni bu fikrdan qaytarishga uringan, biroq Tramp Tillerson muntazam ravishda unga qarshi pozitsiyada turishidan «juda charchagan».
Eslatib o‘tamiz, 13 yanvar kuni Tramp tvitterdagi sahifasida Tillerson davlat kotibi lavozimini tark etish haqida xabar berdi. Prezident bu lavozimga MRB rahbari Mayk Pompeoni tayinlashga qaror qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi