08:02 / 20.05.2018
4 290

Turkiya razvedkasi: Erdo‘g‘onga suiqasd uyushtirilishi mumkin

Turkiya razvedkasi: Erdo‘g‘onga suiqasd uyushtirilishi mumkin
Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga Bosniya va Gersegovinaga tashrifi chog‘ida suiqasd uyushtirilishi haqida paydo bo‘lgan xabarlar Erdo‘g‘onning razvedka va xavfsizlik xizmati xodimlarini oyoqqa turg‘azdi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligiga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Makedoniya poytaxti Skope shahrida yashovchi bir guruh turklardan Turkiya razvedka tashkilotiga: «Prezident Erdo‘g‘onga Bolqon davlatlariga tashrifi chog‘ida suiqasd uyushtirilishi mumkin», — degan xabar kelgan.

Shundan so‘ng Turkiya razvedka va xavfsizlik xizmati xodimlari surishtiruv boshlab yuborishdi.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, bunday xabarni Erdo‘g‘onning yaqin kunlarda Sarayevoga borishi, shuningdek, Bosniya va Gersegovinada shu yil 7 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlar munosabati bilan muxolifatchilar tarqatgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Shu bilan birga, Erdo‘g‘onning Bosniya va Gersegovinaga tashrifi asnosida namoyishlar ham uyushtirilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya razvedkasi: Erdo‘g‘onga suiqasd uyushtirilishi mumkin