19:50 / 10.06.2018
4 235

Shahzoda Garrining rafiqasi qirollik qoidalarini qo‘pol ravishda buzdi

Shahzoda Garrining rafiqasi qirollik qoidalarini qo‘pol ravishda buzdi
Megan Markl «Trooping of the Colour» an’anaviy parad va qirolicha Yelizaveta II ning tug‘ilgan kuniga yelkasi ochiq ko‘ylakda tashrif buyurdi. Vaholanki, bunday tadbirga badanni ko‘rsatib turuvchi ochiq liboslar kiyish qirollikda qat’iyan taqiqlangan. Qolaversa, bu qirollik etikasiga umuman zid hisoblanadi.

Ilgari ham gersoginya Markl bir necha marotaba qirollik etikasiga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlarni sodir etgan. Masalan, bir tadbirda Garrining qo‘lini tutgan holda turgan bo‘lsa, boshqa bir safar olomon orasidan dastxat so‘ragan qizaloqning iltimosini rad eta olmagandi. Aytishlaricha, qirollik a’zolari rasmiy hujjatlargagina imzo qo‘yish huquqiga ega. Rasmiy tadbirlarda erining qo‘lidan tutish ham qirollik etikasiga to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli ham u Yelizaveta xonimning tanqidiga uchragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shahzoda Garrining rafiqasi qirollik qoidalarini qo‘pol ravishda buzdi