22:15 / 03.07.2018
12 453

Turkiyada o‘nlab o‘zbekistonlik fohishalar qo‘lga olindi…

Turkiyada o‘nlab o‘zbekistonlik fohishalar qo‘lga olindi…
Turkiya huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari Bolu, Alanya, Trabzon shaharlarida O‘zbekistondan kelib harom yo‘l bilan pul topayotgan o‘nlab suyuqoyoqlarni qo‘lga oldi. Shu o‘rinda eslatib o‘tish joizki, O‘zbekiston hamda Turkiya odam savdosiga qarshi o‘zaro hamkorlikda ish olib bormoqda. Shu haqda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi xodimlari rasman ma’lum qilishgan.

Turkiya shimoli-sharqida joylashgan Bolu shahar huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimi Metin Qoratoshning gapiga ko‘ra, shu yilning 1 iyulida maxsus operatsiya natijasida olti nafar o‘zbekistonlik fohishalar qo‘lga olingan.

— Ular deport izolyatoriga joylashtirildi, — dedi Qoratosh. — Barchalarini teri-tanosil xastaliklari bo‘yicha mutaxassislar tekshiruvdan o‘tkazishdi. Fohishalar istirohat bog‘laridan birida intim xizmat ko‘rsatgani uchun haq olayotganda tutildi. Endi ular vataniga haydab chiqariladi va besh yil davomida Turkiya ichkarisiga kira olishmaydi.

Xuddi o‘sha kuni Alanya, Trabzonda ham o‘nlab shunday ayollar qo‘lga olingan. Shu haqda Alanya shahar xavfsizlik xizmati vakili Mahmud To‘pal xabar bergan. Uning aytishicha, o‘zbekistonlik ayollar orasida ilgari mamlakatdan haydab chiqarilganlari ham bo‘lgan. Bu ayollar aylanma yo‘llar bilan noqonuniy tarzda Turkiyaga kirib kelgan.

Qo‘lga olingan fohishalar haqidagi ma’lumotlar darhol O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasiga yuborilgan. Qolaversa, Mahmud To‘pal ular haqidagi ba’zi ma’lumotlarni e’lon qilgan. Mana ularning ism va yoshi haqidagi ma’lumotlar:

Sarvinozoy (20 yosh), Maftuna (19 yosh), Mahfuza (36 yosh), Ziroat va Xurshida (31 yosh). Fohishalarni mijozlarga pullash bilan o‘zbekistonlik 49 yoshli Oysara R. ismli ayol shug‘ullangan.

Ismi-sharifi sir tutilishini so‘ragan O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi xodimi ham To‘palning gaplarini tasdiqladi. U yana bir narsani aytib o‘tdi. Turkiyaga borgan ayollarning barchasi ham fohisha emas. Ularning ko‘pchiligi halol yo‘l bilan pul topib oilasini boqmoqda. Ammo guruch kurmaksiz bo‘lmaydi-da! Halol ayollarning orasiga shunaqangi yengiltabiatlari ham kirib qolishi alam qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada o‘nlab o‘zbekistonlik fohishalar qo‘lga olindi…