Foto: «Sabah»
Bir necha oy avval Afrika janubidagi Lesoto davlatida topilgan olmos parchasi kimoshdi savdosida 40 million dollarga sotilgan edi. Tadqiqotchilar bunday olmos yer qa’rida juda mo‘l ekanini ma’lum qilishdi. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qilmoqda.
Tadqiqotchilar seysmik to‘lqinlarni tahlil qilib, yerning 145 va 241 kilometr qa’rida 10 kvadrillion tonna olmos borligini kashf qilishdi.
Olimlar yer qa’rida teskari tog‘larga o‘xshash olmos tog‘lari borligini aytishmoqda.
Mutaxassislar «yer yadrosining 2 foizi olmosdan tarkib topgan» deya taxmin qilishmoqda.
«AGU Journal Geochemistry, Geophysics, Geosystems» jurnalida chop etilgan xabarda yozilishicha, yer qa’ridagi olmos miqdori 10 kvadrillion tonnadan ham ko‘p ekan.
Tadqiqotchilar guruhidan bo‘lgan «Massachusets Teknoloji» (MIT) instituti olimi Ulrix Faulning aytishicha, olmos avval o‘ylanganidek ekzotik emas, balki geologik nuqtai nazardan juda ommaviy ekan. Lekin bugun olmosni 240 kilometr chuqurlikdan qazib olish imkoni yo‘q.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda
Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi"