23:20 / 05.05.2024
85

Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi"

Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi"
Superliganing 6-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Lokomotiv" (4:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Avvalo "Navbahor" muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. Ko‘rdingiz, o‘yinning birinchi bo‘limi davomida qiyinchiliklarga duch keldik. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz yanada kuchaydi, jarayonni nazorat qila boshladik. To‘g‘risi, Namanganga kelgan har bir jamoa himoyaviy uslubni tanlaydi.

- Farrux Sayfiyevni yarim himoyada sinab ko‘rayotganingizga sabab Ibrohim Yo‘ldoshevga o‘yin amaliyoti berish tufaylimi?
- Farrux bilan hozirgina shu masalada gaplashdik. Sayfiyev universal futbolchi, avval himoya markazida ham o‘ynagan. Mavjud tarkibdan kelib chiqib uni turli nuqtalarda sinab ko‘rayapmiz, o‘zini yomon ko‘rsatmayapti.

- Ruslanbek Jiyanov ko‘rsatayotgan o‘yin haqida fikringiz qanday?
- Jiyanov iqtidorli va kelajagi porloq futbolchi. Biz uni Osiyo kubogidan qaytganidan so‘ng shifokor ko‘rigidan o‘tkazdik va tarkibga kiritdik. Kurashuvchan xarakteri bor. Imkoniyatdan foydalanib O‘zbekiston ahlini olimpiada yo‘llanmasi bilan tabriklayman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi"