06:30 / 10.09.2018
4 839

Moldova prezidenti korteji yuk mashinasi bilan toʻqnashdi (video)

Moldova prezidenti korteji yuk mashinasi bilan toʻqnashdi (video)
Foto: “Gazeta.ru”. Moldova prezidenti mashinasi
Kecha, 9 sentyabr kuni Moldova prezidenti Igor Dodon YTHga uchradi. Uning kortejidagi ikkita avtomobil yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketdi. Hodisa oqibatida mashinalardan biri agʻdarilib ketgan, prezident va uning oʻgʻli kichik lat yeyishlar bilan kifoyalangan.

Hodisa Kishinyov yaqinidagi trassada roʻy bergan. Qush boquvchi fabrika yuk avtomobili oldidagi mashinalarni quvib oʻtish uchun yoʻlning toʻgʻrima-toʻgʻri qatoriga chiqqan va oʻz qatoriga qaytishga ulgurmay Moldova prezidentining kortejiga urilgan.

Mahalliy OAVning yozishicha, avariyada prezidentning onasi qattiq jarohatlangan.

Prezident maslahatchisi Maksim Lebedinskiy oʻzining “Facebook”dagi sahifasida davlat rahbarining ahvoli yaxshi ekanini, unga tibbiy yordam kerak boʻlmaganini yozgan. Keyinroq prezidentning oʻzi ham chiqish qilib ahvoli yaxshi ekanini maʼlum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moldova prezidenti korteji yuk mashinasi bilan toʻqnashdi (video)