17:09 / 09.10.2018
7 275

Imomning maniken qizi (9-qism)

Imomning maniken qizi (9-qism)
Haqiqat yagonadir. Lekin uni kim belgilaydi?

Fotima yangi ish joyida ilgarigiga qaraganda bamaʼniroq kiyimlar bilan ishlamayotgani uchun ancha xotirjam edi-yu, ammo baʼzan bu yerda ham mini yubka chiqib turar edi. Oʻzini koʻniktirishga urinar edi. Oʻzini islomiy ruxdan qutqarishga urinar, ammo qoʻlidan kelmayotgan edi.

Soʻngi paytlarda islomga nisbatan qilingan haqoratlarga bardosh bera olmas, bu kabi gaplarga qarshi chiqar ekan, iymoni yangilanar edi. Oʻzi hayratda edi, chunki oʻz uyida ham islomni bunchalik himoya qilmas edi. Negadir har kuni biror nima sodir boʻlar edi. Mana yana shunday bir holat:

Salim Fotima bilan suhbatlashar edi:

– Zamonamizga materialist ruhini olib kirmasak, oydinlikka chiqa olmaymiz.

Fotima materialist falsafasining nima ekanligini yaxshi bilmasa ham, negizida dinsizlik yotishini bilar edi. Ilgarilari ham soʻrashga majbur boʻlgan savolini berdi:

– Dinsizlik islom dinidan shunchalik foydalimiki, uni zamonamizga ep koʻryapsiz?

Salim, oʻziga ishongan tarzda soʻzini boshladi:

– Siz bu haqda biladigan birortasiga uchramagansiz, shekilli. Dinsizlik...

U birdan gapini toʻxtatib, dedi:

– Keling, dinsizlik demaylik, boshqacha nomlaylik... zamonaviyroq, fan tilida aytganda “materializm falsafasi” deylik... Materializm bu haqiqiy oydinlikdir.

– Qaysi xususiyatiga tayanib bunday deyapsiz?

– Birinchidan, ilm-fanni inkor qilmaydi. Aksincha ilm-fan materializm bilan mavjuddir.

Fotimaning yodiga darrov Qurʼon oyatlari tushdi:

– Qurʼonda Luqmoni Hakim, buyuk doktor, haqida soʻzlanadi. Sizningcha, Luqmoni Hakim materialist boʻlganmi? Insonni fikrlashga, olgʻa intilishga chaqiradigan oyatlar ham materializmga asoslanganmi? Minglab mavzularni yoritgan, butun dunyoga yangi sistemani olib kirgan Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam ham materialistmidi? Dunyoni hayratda qoldirgan Piri Raisning xaritasi ham materializmga asoslanganmidi? Algebraga asos solgan Xorazmiy ham materialist boʻlganmi sizningcha? Men bu mavzularni yaxshi bilmayman–ku, ammo tinmay oʻqib sizga fikrimni aytaman.

– Gʻayratingizga ofarin, meni hayratda qoldirdingiz.

* * *

Oradan haftalar oʻtib, Laylo oʻzgarib qolgan edi. Xoʻjayinlari Nedim bey Layloni chaqirtirib hammaning oldida ogohlantirgan edi.

– Menga qara, Laylo. Oʻzingni tutishing menga umuman yoqmayapti. Yana giyohvand moddalarga oʻralashib qolibsan. Tashladim, degan eding-ku.

Laylo gʻamgin holda javob berdi:

– Nima qilay, qattiq oʻrganib qolibman, boʻlmayapti.

– Bu ketishning oxiri voy boʻladi. Xafa boʻlmagin-ku, lekin keyinchalik narkotik topaman, deb oʻzingni ham bozorga soladigan boʻlib qolasan. Bilasan, doʻst achitib gapiradi, haqiqat achchiq boʻladi.

– Yuz foiz haqsiz. Oʻsha zaharni ichgan odam keyin umuman oʻziga kela olmaydi. Xatto baʼzan shunday holga kelamanki, onamning qornida oʻsha zaxar borligini bilsam, onamni oʻldirib boʻlsa ham uni olaman. Bu darddan qanday xalos boʻlishni bilmayapman.

Nadim bey bu gaplardan qattiq ranjidi:

– Bu mavzuda davlat juda kech qolyapti. Yoshlar yetarlicha ogohlantirilmayapti. Bir marta qiziqib qabul qilgach, bu ishning oxiri falokat bilan yakun topadi. Baʼzan yoshlarni tashviq etadigan filmlar koʻrsatishadi. Aksincha axir yoshlarimiz axborot vositalari orqali yanayam koʻproq ogohlantirilishi kerak.

Fotima hayratlanib qoldi:

– Ieye, toʻgʻrisi meni hayron qoldirding, Laylo. Ha mayli, johillar aldanib giyohvand modda qabul qiladi. Sen madaniyatli qizga oʻxshaysan, qanday qilib aldanib qolding.

Keyin oʻzini oʻylab qoldi. Oʻzi–chi, oʻzi qanday aldanib qolgan edi oʻshanda?

Laylo esa juda xomush tortib :

– Shunday boʻlib qoldi. Bir yigitning sevaman, degan soʻziga ishonib qoldim.

Nedim bey gapida davom etdi:

– Giyohvandlik bilan shugʻullanadiganlarning maxsus ishchilari boʻladi. Boshqalarni ham shu dardga mubtalo qilishga urinishadi. Sizda ham shunday boʻlmasin.

– Yoʻq, u ham pushaymon edi. Nima qilay, aldandim, endi qanday qutulishni bilmayapman. Uydagilarim bilishsa, juda xafa boʻlishadi. Xohlaganingcha maishat qil, diskotekaga bor, ichkilik ich, lekin giyohvand boʻlib qolma, deyishgan.

Nedim bey dindor oila farzandi edi. Dinni yaxshi bilmasa ham bunday mavzularda jiddiy edi:

– Safsata. Diskoteka, ichkilik giyohvandlikka olib kelmaydimi? Roʻmolchangni dengizga tashlab, hoʻl boʻlib qolmasin, deya chora qidirganday gap bu. Shunaqasi ham boʻladimi? Ota-onalar haliyam yurtimizning qanday ahvolga kelib qolganini bilishmaydi...

Fotima bularni jon deb tinglardi-ku, ammo ichiga qoʻrquv kirdi. Ehtiyot boʻlishi kerak edi. Ishdan qaytayotganlarida yoʻldan kitob sotib oldi. Keyin Layloga qarab dedi:

– Bugun oʻzimni juda kuchsiz his qildim. Hali koʻp narsa oʻrganishim, oʻqishim kerakligini tushunib yetdim.

– Olgan kitoblaring ilmiy kitoblarmi?

– Ham ilmiy ham diniy.

– Demak, dinga qiziqishing bor ekan-da. Toʻgʻrisi meni hech qachon qiziqishim boʻlmagan, oilaviy sharoitim...

Gapini tugatib ulgurmay Bonuni koʻrib qolishdi:

– Yaxshimisan, Bonu. Qayerga ketyapsan?

– Shundoq oʻzim aylanib yuribman, zerikkanimdan nima qilishni bilmayapman.

Fotima gapga qoʻshildi:

– Kitob oʻqinglar, kitob juda yaxshi doʻstdir. Boʻsh qolgan inson, oʻzini yeb bitirar emish. Yayov yurib suhbatlashib ketar ekanlar, Bonuning ayollarday qadam tashlashi Fotimaning gʻashini keltirdi. Imkon topdi, deguncha bu haqda albatta aytar edi.

Oradan bir necha kunlar, haftalar oʻtib Bonu bilan ancha yaqin boʻlib qolishdi, ilk qilgan ishi oʻsha mavzuni ochish boʻldi:

– Bilasanmi, men seni juda yaxshi tushunaman, lekin boshqalar tushunmaydi. Qadam tashlashingni sal tuzatsang, yaxshi boʻlar edi.

– Voy, oʻrganib qolgan boʻlsam, qanday tuzataman?

– Tuzatasan... Buning uchun avval qaror qabul qilasan. Nega bunchalik suzilib yurasan, bunaqa qilsang chiroyli boʻlib qolmaysanku axir. Bunday yuradigan ayollarning bamaʼnisini ham koʻrmaganman hecham.

– Toʻgʻri-ku, lekin odat boʻlib qolgan.

– Oldinlari suzilmay yurish odating edi, keyinroq esa suzilib yurishga odatlanding. Sen bilan bir uyda yashaymiz. Oʻrtogʻimga yomon baho berishlarini istamayman.

Bonu Layloga qarab dedi:

– Bu nimasi? Endi bu xonimchaning yoʻrigʻida yuramizmi? Nima bu men haqimda bilmaydimi?

– Biladi. Unga hammasini aytib berganman, – dedi Laylo.

Fotima Bonuga jiddiy nigoh bilan dedi:

– Jinsimni oʻzgartirganman, deb endi buni bahona qilma. Inson yaxshi tarafga ham oʻzgarishi mumkin. Sen oʻzingni ishontirib qoʻygansan.

– Bunaqada sen men bilan qanday qilib bir uyda yashaysan?

– Sen fahsh qilmas ekansan. Oʻzing xohlab jinsingni oʻzgartirmagansan. Aslida eng buyuk gunoh luttibozlikdan keyin jinsini oʻzgartirish hisoblanadi. Allohga qilingan eng buyuk isyonlardan biridir. Sen esa unday emassan. Eng muhimi pushaymonsan.

– Buning qanday ahamiyati bor?

– Juda muhim ahamiyati bor. Axir sen tavba qilgansan.

– Baribir, nima boʻlganda ham men endi... Sen men bilan yurishga uyalmaysanmi?

– Men gunoh ishdan qaytgan, tavba qilgan insondan u qanday boʻlishidan qatʼiy nazar uyalmayman. Qoʻlimdan kelgancha yordam beraman. Lekin tavba qilmay, fahsh ishida davom etganlar bilan bir joyda yashamayman.

Fotima Bonuga juda gʻayrioddiy tuyulgan edi. Layloga qarab soʻradi:

– Bu nimasi Laylo? Odam ham unaqa ham bunaqa boʻlishi mumkinmi? Bu qiz dindormi?

Javobni Fotimaning oʻzi berdi:

– Ha, dinsiz emasman, ammo boshqa narsa soʻrama...

Bonu asabiylashib dedi:

– Oʻzing hamma narsani soʻraysan-ku.

– Sen oʻzing haqingda gapirib bersang ham, menchalik sharmanda boʻlmaysan, Bonu.

Bonu battar qiziqib soʻradi?

– Sen ikki karra jinsingni oʻzgartirganmisan uyalasan?

* * *

Fotima uydan ketganiga mana besh oy toʻlgan, lekin bu besh oy unga besh yildan ham uzoq tuyulgan edi. Endi uning dunyosi, hissiyotlari ostin-ustun boʻlib ketgan edi.
Davomi bor...

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Imomning maniken qizi (9-qism)