Misrda ayol bir vaqtning o‘zida to‘qqiz homila bilan, vrachlarni lol qoldirdi

1 daqiqa o'qish620
Misrda ayol bir vaqtning o‘zida to‘qqiz homila bilan, vrachlarni lol qoldirdi

Misrda kam uchraydigan holat qayd etildi: bir ayol bir vaqtning o‘zida to‘qqiz bolaga homilador ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Al-Arabiya” manbasi xabar berdi.

UZI tekshiruvi paytida shifokorlar kutilmagan manzaraga duch kelgan — ayol qo‘shaloq emas, uchlik ham emas, balki to‘qqiz homila ko‘tarib yurgani aniqlangan. Bu holat tibbiyot jamoasida katta muhokamaga sabab bo‘ldi.

Mutahassislar bunday holat tuxumdon faoliyatini rag‘batlantiruvchi dorilarni nazoratsiz qabul qilish natijasida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Bunday homiladorlik ona uchun ham, embrionlar uchun ham jiddiy xavf tug‘dirishi qayd etildi.

Hodisa ota-onani ham, shifokorlarni ham birday larzaga solgan. Tekshiruv paytida chaqaloqlar soni aniqlanganda hamma hayratga tushgan.

Ginekolog Voil al-Bannoning ta’kidlashicha, bu tibbiyotda juda noyob uchraydigan holatlardan biri bo‘lib, unga ko‘p omillar bir vaqtda ta’sir qilgan. Uning fikricha, zamonaviy usullar yordamida embrionlar sonini kamaytirish imkoni bor — bu ona salomatligini muhofaza qilish va qolgan homilalar rivojlanishi uchun muhim.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?