Insoniyat har yili 1 milliard yegulikni isrof qilib tashlab yubormoqda

1 daqiqa o'qish148
Insoniyat har yili 1 milliard yegulikni isrof qilib tashlab yubormoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisob-kitobiga ko‘ra, insoniyat har yili 1 milliard tonnadan ortiq yegulikni isrof qilmoqda. Bu nafaqat oziq-ovqat xavfsizligiga, balki sayyoramizga ham jiddiy bosim bermoqda — issiqxona gazlari chiqindilarining qariyb 10 foizi aynan shu isroflar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Braziliyaning Belem shahrida o‘tayotgan iqlim sammitida mutaxassislar ushbu muammo insoniyat uchun strategik xavf ekanini yana bir bor ta’kidlashdi. Ularga ko‘ra, oziq-ovqat chiqindisiga qarshi kurashish ekologik adolatni mustahkamlash va kelajak avlodlar xavfsizligini ta’minlashning muhim qismi hisoblanadi.

Shu munosabat bilan UNEP va bir qator xalqaro sheriklar “Oziq-ovqat yo‘qotishlarida yutuq” tashabbusini ishga tushirdi. Loyihaning asosiy maqsadi — 2030 yilga borib dunyodagi yeguliklar isrofini ikki baravar qisqartirish, metan chiqindilarini kamaytirish va ochlik xavfini pasaytirish.

UNEP rahbari Inger Andersenning ta’kidlashicha, oziq-ovqatni tejash — ham boy, ham kambag‘al mamlakatlar uchun teng dolzarb vazifa. Chunki yegulikni asrash ochlikka qarshi kurashda ham, atmosferaga zararli gazlarni kamaytirishda ham hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Global ekologik jamg‘arma qo‘llab-quvvatlayotgan yangi dastur mamlakatlar va shaharlarga isrofni kamaytirish bo‘yicha samarali strategiyalar yaratishda yordam beradi. Shuningdek, rivojlanayotgan davlatlarda sinovdan o‘tgan yechimlarni moslashtirish va kengaytirishga ham xizmat qiladi.

Mutaxassislar fikricha, oziq-ovqatni asrash — faqat iqtisodiy emas, balki insoniy mas’uliyat hamdir. Chunki har isrof qilingan qism — issiqqa aylangan sayyora, oshib borayotgan chiqindilar va ko‘payib borayotgan ochlik demakdir.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?