
Rossiyada mamlakat tarixida ilk bor haydovchisiz tramvay muntazam qatnovni boshladi. Innovatsion loyiha doirasida yangi transport vositasi 10-sonli yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Tramvay ishga tushganidan buyon 40 mingga yaqin yo‘lovchini tashishga ulgurgan. Eng e’tiborli jihati shundaki, avtomatlashtirilgan tizim biror marta ham yo‘l harakati qoidalarini buzmagan.
Mutaxassislarning aytishicha, bu loyiha Rossiyada shahar transportini raqamlashtirish va xavfsiz, ekologik toza texnologiyalarni tatbiq etish borasida yangi bosqichni boshlab berdi.
Haydovchisiz tramvay yo‘nalish bo‘yicha to‘liq sun’iy intellekt tizimi orqali boshqariladi. U nafaqat yo‘l belgilari va svetofor signallarini avtomatik aniqlaydi, balki to‘satdan paydo bo‘lgan to‘siqlarga ham tezkor javob qaytaradi.
Tramvay loyihasining muvaffaqiyati Rossiyada boshqa yirik shaharlar uchun ham pilot model sifatida baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.