Rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy Rosgvardiya direktori Viktor Zolotovning duelga chorloviga javob qaytardi. Zolotov sentyabr oyida, Navalniy qamoqda ekanida Korrupsiyaga qarshi kurashish fondining oʻziga qarshi materiali uchun siyosatchini videomurojaat orqali duelga chaqirgandi.
14 oktyabr kuni ozodlikka chiqqan muxolifatchi videomurojaat bilan javob qaytargan. U Zolotovning duelga chorlovini qabul qilib, duelni federal telekanalda jonli efirda debat tarzida oʻtkazishni taklif qilgan.
“Chaqirilgan tomon duel shaklini va qurolni tanlaydi. Men sizning chorlovingizni qabul qilaman va joyni hamda qurolni tanlayman. Siz bilan duelimiz Birinchi kanalda, yoki ikkinchi kanalda, yoki boshqa istalgan federal kanalda debat tarzida oʻtkaziladi. Agar telekanallar efir berishmasa, YouTube-kanalda ham millionlab kishi bizning bahsimizga guvoh boʻlishi mumkin. Sizga oʻylab koʻrish uchun bir hafta muddat beraman. Vaqt ketdi”, degan Navalniy.
Oʻz javobida muxolifatchi Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi tomonidan aniqlangan Zolotovga va uning yaqin qarindoshlariga tegishli koʻchmas mulklarni sanab oʻtgan. U Zolotovni noqonuniy ravishda boylik orttirishda ayblagan.
“Men hech qachon siz haqdagi fikrimni oʻzgartirmayman. Men sizni oʻgʻri deb hisoblayman. Rosgvardiyadagi hamtovoqlaringiz bilan mamlakatni va xalqni talon-taroj qilmoqdasiz”, degan Navalniy.
Avgust oyi oxirida Navalniyning korrupsiyaga qarshi kurashish fondi Rosgvardiya uchun oziq-ovqat mahsulotlari RF bosh vaziri Dmitriy Medvedevga aloqador boʻlgan shaxsga tegishli kompaniya tomonidan yetkazib berilishi, tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan narxlar bozor narxidan bir necha barobar koʻpligi bayon etilgan materialini eʼlon qilgan, Zolotov korrupsiyada ayblangandi.
Navalniy yanvardagi aksiya uchun muddatni oʻtayotganda, 11 sentyabr kuni Rosgvardiya rahbari Viktor Zolotov muxolifatchiga qaratilgan videomurojaatini eʼlon qilgandi va uni duelga chorlagandi.
Zolotovning aytishicha, Navalniy narxlar haqida hech narsa bilmaydi va tekshiruvida haqoratlar hamda tuhmatlarga yoʻl qoʻygan. U siyosatchi yana bir shunday ishga qoʻl ursa, uning “oyoqlarini uzib olishi” va “Rosgvardiya shaxsiy tarkibi guvohligida shou uyushtirish”ga vaʼda bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi