3 723
Jeenbekovning traktori bor, Atamboyev esa millioner — qirg‘iz amaldorlari deklaratsiya topshirishdi
Qirg‘iziston davlat soliq xizmati yagona soliq deklaratsiyasi topshirgan davlat va mahalliy xizmatchilarning daromadlari, xarajatlari va mulklari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qila boshladi, deb yozadi Kun.uz.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning 2017 yildagi daromadlari 890 ming 994,19 qirg‘iz so‘miga teng bo‘lgan (bu qariyb 12800 AQSh dollarini tashkil etadi). Prezidentning ixtiyorida maydoni 160 kv.m bo‘lgan uy, 60 kv.m maydonga ega dala hovli bor. Bundan tashqari u 61,45 gektar yer va MTZ-80 traktoriga ega.
Prezidentning yaqin qarindoshlari 3,7 million so‘m (48900 dollar) ishlab topishgan. Ularning 64 kv.m yuzaga ega kvartirasi va “Leksus 470” avtomobili hamda 20,6 gektar yeri bor.
Deklaratsiyada Jeenbekovlar oilasi 2017 yilda qancha xarajat qilishgani ko‘rsatib o‘tilmagan.
Sobiq prezident Almazbek Atamboyev 2017 yildda 100 million 118 ming so‘m (1 mln 440 ming AQSh dollari) ishlab topgan.
Hisobotga ko‘ra, o‘tgan 12 oy ichida deklarant 77 million so‘m (1 mln 107 ming dollar) sarflagan. Atamboyevning yaqin qarindoshlarining daromadlari o‘tgan yil ichida 738 ming 331 so‘m (10600 dollar) ni tashkil etgan. Almazbek Atamboyevning xususiy mulklari ichida qishloq xo‘jaligi yerlari va qurilmalar bor.
Almazbek Atamboyevning deklaratsiyada qayd etilgan mulklariga uning qarindoshi Saidbek Atamboyev yuz foiz egalik qilishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ham nizom jamg‘armasini tasarruf etish huquqi bilan unga rasmiylashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi