Argentinadagi G20 sammiti birinchi kuni tashkillashtirilgan kechki ovqatning asosiy taomiga dengiz qisqichbaqasi aylandi. Bu haqda RIA Novostiga tayanib Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Foto: Depositphotos
Ta’kidlanishicha, kechki tadbir «Kolon» teatrida bo‘lib o‘tdi. Bundan avval davlat rahbarlari Argentina steykini tatib ko‘rishdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun menyuda italyan rizottosi, pitssa, gamburger, dimlangan sabzavotlar, pishloqlar, kolbasalar, dulse de leche muzqaymog‘i (karamel sousi) va empanadas pirojkalari bo‘lgan. Shuningdek, matbuot markazida ichida ichimliklar bo‘lgan, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish avtomatlari o‘rnatildi.
G20 sammiti 30 noyabr - 1 dekabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya G20’dagi uchrashuv bekor qilingani tufayli javob zarbasi berishi aytilgandi.
Washington Examiner’ning rossiyalik ekspertlar fikriga tayangan holda yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Argentinadagi G20 sammiti doirasida ikki tomonlama uchrashuv bekor qilingach, javob zarbasi berishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi