5 481
Alisher Usmonovning «qonundagi o‘g‘ri» Shakro Molodoy bilan aloqalari haqidagi maqolalarga munosabati
Milliarder Alisher Usmonov Moskvaning Basmanniy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi, unda internetdagi uchta maqolani bloklab qo‘yish talabi bor. RBK’ning sud matbuot kotibi Yunon Sarevga asosan xabar berishicha, maqolalarda Usmonov jinoyat dunyosi vakili, «qonundagi o‘g‘ri» Shakro Molodoy (Zaxariy Kalashov) va boshqa jinoiy guruhlarning ishiga aloqador ekani aytiladi.
Shakro Molodoy (Zaxariy Kalashov)
Foto: Valeriy Melnikov / RIA Novosti
Uning aniqlik kiritishicha, Usmonov o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan chiqqan. «Arizada Usmonov ma’naviy zarar uchun 50 ming rubl tovon puli to‘lashni, uchta maqolani o‘chirib tashlashni talab qilgan: «Alisher Usmonov. Maqomi: «avtoritet», «Alisher Usmonov Shakro ishida» va uyushgan jinoiy guruh bilan aloqalar haqidagi», - deydi Sareva. Uning aniqlik kiritishicha, ko‘rsatilgan maqolalar Russian Criminal saytida e’lon qilingan.
Sarevaning qo‘shimcha qilishicha, Roskomnadzor ham javob beruvchi sifatida jalb etilgan, sababi Usmonov o‘zi haqidagi «ma’lumotni taqiqlab qo‘yishni so‘ramoqda», buni esa «faqat Roskomnadzor qila oladi».
«Qonundagi o‘g‘ri» Shakro Molodoy (Zaxariy Kalashov) mart oyi oxirida Moskva shahrining Nikulinskiy sudi tomonidan ikkita tovlamachilik holati bo‘yicha to‘qqiz yil va to‘qqiz oyga ozodlikdan mahrum qilindi. Birinchisi, Moskvaning Rochdelskaya ko‘chasidagi Elements kafesi egasi Janna Kimga (8 mln rubl), ikkinchisi - «Nordneftgaz» direktori Lev Garamovga (10 mln rubl) aloqador.
28 noyabr kuni Moskva shahar sudi hukmni qonuniy deb topdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi