17:43 / 09.12.2018
3 107

Fransiyadagi tartibsizliklarda Rossiyani ayblashmoqda

Fransiyadagi tartibsizliklarda Rossiyani ayblashmoqda
Bu ayblov Ukraina xavfsizlik xizmati mutasaddilari tarafidan qo‘yilgan. Ularning ta’kidlashicha, Parijdagi ommaviy tartibsizliklarda Donetsk bayrog‘i ostida ham fuqarolar faol ishtirok etmoqda. Demak, bu namoyishlarda Rossiyaning qo‘li bor. Rossiya maxsus xizmati vakillari namoyishlar va tartibsizliklarga bevosita aloqadorligi ko‘rinib turibdi ekan.

Donetsk bayrog‘i ostida «Katexon» tahliliy markazi a’zosi Sorlin Fabris, 2013 yildan beri Rossiya fuqarosi hisoblangan Ksave Morolar Parijdagi markaziy maydonda suratga olingan.

— Tinchlikdagi mitinglar tashkil etganlar ortida, — deyiladi Ukraina xavfsizlik xizmati bayonotida. — Rossiya vakillari tartibsizliklar tashkil etishga yetakchilik qilayotganiga sira shubha yo‘q. Chunki Rossiyaliklarning agressiv harakatlariga xalqaro chegaralar dosh bera olmaydi. Ular turli shafqatsiz usullar yordamida Yevropadagi tinchlikka rahna solishmoqda…

Eslatib o‘tamiz, yuqorida aytib o‘tilgan gaplar Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsakka tegishli edi. U internetdagi «Feysbuk» ijtimoiy saytida o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.

Fransiyadagi tartibsizliklar mamlakatda yoqilg‘i narxi oshishi, soliqlar miqdori oshirilishi munosabati bilan noyabr o‘rtalaridan beri to‘xtagani yo‘q. Rasmiy xabarlarga qaraganda, shu yil 8 dekabrida ham 125 mingdan ziyod odam ko‘chaga chiqqan. 1, 3 mingdan ortiq odam qo‘lga olingan. Fransiya ichki ishlar vaziri Kristof Kastanerning gapiga ko‘ra, bosqinchilik va tartibsizliklarni tashkil etishda ultraso‘l va ultrao‘ng siyosiy harakatlar vakillarining ham qo‘li bor.

Parij meri Ann Idalgo aytib o‘tdiki, tartibsizliklar oqibatida mamlakat millionlab yevro miqdorida moddiy zarar ko‘rgan va hali bu yo‘qotishlar to‘xtagani yo‘q. Yuzlab do‘konlar yopib qo‘yilgan. Fransiyada iqtisodiy hamda madaniy hayot to‘xtab qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Fransiyadagi tartibsizliklarda Rossiyani ayblashmoqda