Kaliforniya universiteti olimlari 2019 yil tarixdagi eng issig‘i bo‘lishi mumkinligini prognoz qilishdi. Bunday prognozni olima Samanta Stivenson bermoqda, deb yozdi National Geographic'a tayanib Kun.uz nashri.
Sayyoramizda haroratning bunday ko‘tarilishi Tinch okeani sharqidagi suvning sirtki qatlami haroratining keskin oshishi sababli yuz beradi. Bu jarayon El-Nino fenomeni deb ataladi.
Oxirgi 4 yilda yuqori haroratlar kuzatilgan, chunki karbonat angidridning atrof-muhitga chiqishi rekord darajalarga yetgan. Bundan Butunjahon meteorologik tashkiloti ma’lumotlari darak bermoqda.
Olimlar global isish ekstremal ob-havo sharoitlarini keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirib kelishmoqda. Bunday ob-havo sharoitlariga o‘rmon yong‘inlari, toshqinlar va kuchli bo‘ronlar kiradi. Ta’kidlash joizki, shimoliy yarimsharda joriy yilda 70 ta tropik bo‘ron yuz bergan, vaholanki uzoq vaqt davomida ular soni yiliga 53 taga yaqinni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi