Qozog‘istonlik qo‘shiqchi Dimash Kudaybergen butun dunyoga mashhur xitoylik aktyor, rejissyor, kaskadyor, qo‘shiqchi Jeki Chan bilan uchrashdi. Bu haqda «Tengrinews» xabar berdi.
«Jeki Channing oddiyligi va ochiqligi to‘g‘risida so‘zsiz ham ma’lum. U bolalikdan beri mening sevimli aktyorim va u bilan har gal ko‘rishganimizda u menga oq yo‘l va yaxshiliklarni tilaydi. Bugun men uning yangi diski taqdimotida bo‘ldim. Mening qo‘limda uning qo‘llaridan olingan sovg‘a bor. Men esa odatlarimizga ko‘ra unga zamonaviy qozoq choponini sovg‘a qildim. Butun dunyo tan olgan bu insonning oddiyligi meni lol qoldiradi. Sizga uzoq umr tilayman!» — deydi qo‘shiqchi.
Foto: «Tengrinews»
Foto: «Tengrinews»
Foto: «Tengrinews»
Foto: «Tengrinews»
2017 yilning fevralida Dimash Jeki Chan bilan ilk bor Xitoyning Chansha shahrida «I am a Singer» vokal tanlovida ishtirok etganida uchrashgan. Aktyor Dimashning ijrosini ko‘rib, u bilan shaxsan uchrashmoqchi bo‘lgan.
Uchrashuvda Jeki Chan unga kurtka va musiqa tinglash uchun uskuna sovg‘a qilgan. Dimash esa Changa qozoq choponi va do‘mbira sovg‘a qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi