06:00 / 14.01.2019
4 166

Amerikalik biznesmen unga chiroyli muomalada bo‘lgan «Makdonalds» xodimasiga mashina sovg‘a qildi

Amerikalik biznesmen unga chiroyli muomalada bo‘lgan «Makdonalds» xodimasiga mashina sovg‘a qildi
Foto: «Informator»
Amerikaning Xatchinson shahrida yashovchi (Minnesota shtati) biznesmen Kris Ellis «Makdonalds»da ishlovchi Viki Andersonga 2009 yilda chiqqan Pontiac avtomobilini sovg‘a qildi, deb yozadi Daryo.

Viki Anderson vaqt o‘tishi bilan restoranning doimiy tashrif buyuruvchisiga aylangan Ellis bilan doim xushmuomala bo‘lgan.
Kunlardan birida Anderson Ellisdan arzon mashina sotadigan tanishi bor-yo‘qligi haqida so‘ragan. Ayolning avtomobili buzilib qolgan, uni ta’mirlash uchun esa 500 dollar to‘lash kerak bo‘lgan.

Ellisning o‘g‘li o‘zining Pontiac’ini sotishga urinayotgan edi. Biznesmen mashinani xarid qilib, unda «Makdonalds»ga keldi va menejerdan ayolni ko‘chaga chiqarishni iltimos qildi. Ayolning hikoya qilishicha, u dastlab ishdan bo‘shatilganligini taxmin qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik biznesmen unga chiroyli muomalada bo‘lgan «Makdonalds» xodimasiga mashina sovg‘a qildi