Suriyada Bashar Asadning Rossiya va Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi ittifoqdoshlari oʻrtasida toʻqnashuv chiqdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi Suriyadagi manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Suriya armiyasining Rossiya tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi nufuzli tuzilmasi “Yoʻlbars kuchlari”ning 5-brigadasi va Bashar Asadning kichik ukasi Mohir Asad qoʻmondonligi ostidagi 4-diviziya oʻrtasida nizo chiqqan.
Ayni vaqtda ikki kuchlar oʻrtasidagi toʻqnashuvlar Hamo viloyatining bir qator aholi punktlarida davom etmoqda. Oqibatda qurbonlar va yaralanganlar bor, ularning aniq soni maʼlum qilinmagan. Toʻqnashuvlar davomida ogʻir qurollar, jumladan tanklar qoʻllangan.
Taʼkidlanishicha, ixtilofning avj olishi hududda Eronning taʼsirini kamaytirishga urinish bilan bogʻlangan.
Rossiya Eron va Turkiya bilan Suriyadagi ixtilofni tinchlik yoʻli bilan hal qilishda kafil davlatlar hisoblanadi. Eron kuchlari Suriyada hukumat qoʻshinlariga jangarilarga qarshi kurashishda koʻmak koʻrsatadi. Isroil va AQSH esa Eronning Suriyadan ketishini talab qilib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi