Turkiyada 1997 yilning 28 fevrali “postmodern to‘ntarish” sifatida xotirlanadi. Chunki harbiylar xuddi shu kuni Milliy xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishida qabul qilingan qaror orqali hukumatni bilvosita almashtirishga erishgan edi.
Qariyb to‘qqiz soat davom etgan yig‘ilishda sekyulyarizm turk demokratiyasining tamali ekani ta’kidlandi. Tariqatlarga qarashli maktablar va Qur’on kurslari tekshirilishi, tariqatlar yopilishi, kiyinish haqidagi qonunlarga rioya etilishi talab qilindi.
O‘sha paytda bosh vazir lavozimida bo‘lgan Najmiddin Erbakan Milliy xavfsizlik kengashi qarorini imzolashni istamadi va pirovardida iste’fo berishga majbur bo‘ldi. U boshchilik qilgan “Rafoh” partiyasi yopildi. Turkiyada yangi hukumat tuzildi.
“Postmodern to‘ntarish” natijasida ro‘molli muslimalarga qarshi qattiq kurash boshlandi. Ro‘mollilar darslarga kiritilmadi, minglab muslimalar hibsga olindi. Istanbul universiteti rektori Kamol Alemdaro‘g‘li va uning o‘rinbosari Nur Serter “ko‘ndirish xona”sini tashkil etib, bu xonada ro‘molli qizlarni ro‘molini yechishga majburladi. Minglab talaba qizlar ro‘moli uchungina o‘qishdan haydaldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi