07:38 / 08.05.2019
4 263

Dunyodagi yirik iftorliklar

Dunyodagi yirik iftorliklar
Ramazonning eng yoqimli fursatlaridan biri, kun bo‘yi ro‘za tutib, chanqab, ajru savobdan umidvor bo‘lgan insonning duo va zikrda iftorlik vaqtini kutib o‘tirishidir. Ro‘zadorga iftor qilib berish savobidan umidvor xalqimiz Ramazon oyi kelishi bilan qarindosh-urug‘, yaqin-do‘st birodarlarini chorlab, bir-birlarini iftorlikka taklif qilishga odatlanganlar.

Zayd ibn Xolid al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim ro‘zadorni iftor qildirsa, unga o‘shaning ajricha ajr bo‘lur. Shu bilan birga, ro‘zadorning ajridan hech bir narsa kam bo‘lmas”, dedilar”.

Imom Termiziy rivoyat qilgan.

Dunyodagi eng yirik ommaviy iftorliklarda qatnashgan ro‘zadorlar haqida ma’lumot quyidagicha:

1. Saudiya Arabistoni – Madinai Munavvara.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning masjidlari bo‘lib, ushbu Masjidi Nabaviyda 25000 ro‘zador iftorlikda qatnashgan. Bu masjid o‘zining ko‘p ming kishilik iftorliklari bilan ham olamda mashhurdir. Taomnoma tabiiy suv, xurmo va turli mevalardan iborat.

2. Eron – Mashhad. Imom Rizo ziyoratgohi maydonidagi iftorlik. Hozir bo‘lgan ro‘zadorlarning adadi – 12000 kishidan ortiq.

3. BAA – Abu Dabi shahri. Shayx Zayd masjididagi yirik iftorlik.
Qatnashuvchilar 22000–25000ga yaqin kishi ishtirok etgan. Maxsus oq chodirlar tikilib, dasturxon tuzatiladi va iftorliklarni politsiya nazorat qilib, tartibga solib turadi. Tibbiy xizmat vakillari ham xizmatda shay turadi.

4. Makkai mukarrama – Masjidul Haramdagi iftorlik.
Jahondagi eng yirik iftorlik dasturxoni. Ayrim yillarda iftorlik dasturxonlarining umumiy uzunligi 12000 metr, ya’ni 12 kilometrgacha cho‘zilgan ekan.

5. Dehli – Hindiston. Juma masjididagi iftorlik.
140 milliondan ortiq musulmon istiqomat qiladigan mamlakatda iftorlik kichik bo‘lishi ham mumkin emas.

6. Tatariston – Qozon shahridagi “Kazan arena” dagi iftorlik. Ushbu iftorlikda 10000 ortiq ro‘zadorlarning ishtiroki kuzatilgan.
Manba: islom.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi yirik iftorliklar