
Masala Yaqin Sharq ekan, AQSh bilan Turkiya o‘rtasida «strategik hamkorlik» to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas, deb yozmoqda Turkiyadagi Milliyet nashri. Mintaqaviy masalalarda birlik tugul yaqinlik ham yo‘q. Aksincha, qaysi bir muammoni olib qaramang, ikki mamlakat o‘rtasida bahs va kelishmovchilik kelib chiqadi.
Yaqin Sharqni Amerika loyihasi bo‘yicha bo‘lib olish borasida Turkiya AQShga rozilik bermay keladi.
Bahsli masalalar
Birinchi o‘rinda Suriya. Turkiyaga Suriyadagi «Demokratik ittifoq» partiyasi va «O‘zini o‘zi mudofaa qiluvchi milliy otryadlar» guruhini yo‘qotish asosiy maqsad. AQSh esa bu partiya va guruhlarni dastaklab keladi. Ko‘p oylardan beri davom etib kelayotgan muzokaralarda AQSh va Turkiya bir bitimga kela olgani yo‘q.
Ikkinchisi — Falastin masalasi. Bu ham jiddiy kelishmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda. Turkiya falastinliklarni himoya qilib keladi, AQSh bo‘lsa Quddus va Golan tepaliklari masalasida Isroil tarafida.
Uchinchisi — Turkiya AQShning Eronga nisbatan joriy qilgan iqtisodiy jazo choralariga qarshi va Eron bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda.
Saudiya Arabistoni va BAA masalasida AQSh va Turkiya bir-biriga qarshi. «Musulmon birodarlar» harakatiga AQSh va Turkiya mutlaqo qarama-qarshi nuqtai nazardan yondashadi.
Turkiyaning chaqirig‘i
Rasmiy Anqara mustaqil siyosat yurgizishga intilib, mintaqada AQShga qarshi chiqishdan hayiqmayapti. Bu esa AQSh Anqaraga strategik hamkor sifatida qaramasligiga olib kelmoqda. Yaqin Sharqda AQSh va Turkiya raqobatchiligi yuzaga kelib, hech shubhasiz, faoliyat mustaqilligi — imkoniyat masalasiga aylanmoqda. Ikkinchisi borasida Turkiya o‘ziga to‘liq ishonmoqda.
Jahongir Ergashev tayyorladi
Manba: Daryo.uz
Yaqin SharqTurkiya AQShBahsli MasalalarSuriya MasalasiFalastin MasalasiIqtisodiy Jazo O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar