
Yuriy Dud (xorijiy agent deb tan olingan) sirtdan bir yil-u o‘n oylik umumiy tartibli koloniyaga hukm qilindi. Sud uni chet el agenti vazifasini bajarishdan bo‘yin tovlaganlikda aybdor deb topdi, deb yozadi "TASS".
Iyun oyi oxirida Moskva prokuraturasi tashabbusi bilan jurnalistga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 330.1-moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Yuriy yil davomida ikki marta chet el agenti belgisiz materiallarni tarqatgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Adliya vazirligi Yuriy Dudni 2022 yil iyul oyida xorijiy agent sifatida tan olgan edi. Bunga jurnalist YouTube'da monetizatsiya bilan shug‘ullangani va boshqa xorijiy agentlardan iqtibos keltirganda kerakli belgilarni qo‘ymagani sabab bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.