
Nigeriya terma jamoasi pley-offning birinchi uchrashuvida Gabonni biroz qiyinchilik bilan magʻlub etdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi, biroq qoʻshimcha boʻlimlarda "super burgutlar" oʻyinni kuchaytirib, raqib darvozasiga yana uchta gol urdi.
Endi ular Jahon chempionati yoʻllanmasi uchun Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Bu orada Gabonga qarshi oʻyindagi gʻalaba uchun futbolchilarga moliyaviy mukofot topshirildi.
Uchrashuvdan soʻng darhol kiyinish xonasiga kelgan Nigeriya futbol federatsiyasi vakili jamoaga 120 ming dollar taqdim etdi. "Har bir gol uchun 30 mingdan berildi", - dedi u.
2026-yilgi Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika davlatlarida oʻtkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.