15:27 / 06.07.2019
3 433

Poroshenko bankdan 34 million dollar naqd pul yechib olgani ma’lum bo‘ldi

Poroshenko bankdan 34 million dollar naqd pul yechib olgani ma’lum bo‘ldi
Foto: «RIA Novosti»
Ukraina sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko bankdan 34 million dollar naqd pul yechib oldi. Bu haqda sobiq prezident administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Andrey Portnov o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.

Portnovning yozishicha, Poroshenko pullarni 17 maydan 18 iyunga qadar o‘ziga tegishli Xalqaro investitsiyalar bankidan yechib olgan. Jami 34 million dollar yechib olingan bo‘lib, ularning umumiy og‘irligi 340 kilogrammga teng.

Shuningdek, Portnovning qo‘shimcha qilishicha, Poroshenko pullarni «yashirgan» yoki saylovchilarni sotib olishga yo‘naltirgan bo‘lishi mumkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda tergov organlari mazkur murojaat bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda va pullarning taqdiri nima kechganini aniqlash harakatida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poroshenko bankdan 34 million dollar naqd pul yechib olgani ma’lum bo‘ldi