Belgiya poytaxti Bryussel shahridagi Yevroparlament binosi oldida yuzlab uyg‘urlar va turklar Xitoyning Sharqiy Turkistonda olib borayotgan siyosatiga norozilik bildirib namoyish o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Azon» nashri.
«Uyg‘ur inson huquqlari loyihasi» muassasasi tomonidan tashkillashtirilgan ushbu namoyishda turk va ozar fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Namoyishchilar «Xitoy amalga oshirayotgan etnik tozalash to‘xtatilsin», «Uyg‘urlarni qutqaring!» kabi shiorlar bilan Xitoyning Sharqiy Turkistondagi siyosatini tanqid qildilar.
Ma’lumot uchun, «Uyg‘ur inson huquqlari loyihasi» 2004 yilda «Amerika uyg‘urlari birligi» tashkiloti tomonidan Xitoy hukumati zulmi ostida bo‘lgan uyg‘urlarni himoya qilish uchun tashkil qilingan. Rasmiy statisik ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 30 million musulmon bor va ularning 23 millioni uyg‘urlardir. Lekin rasmiy bo‘lmagan statistikada mamlakat aholisning 9,5 foizi, ya’ni 100 millioni musulmon ekani aytiladi.
Xitoy 1949 yildan buyon musulmon uyg‘urlarning vatani bo‘lgan Sharqiy Turkistonni qo‘l ostida saqlab keladi. Xitoy hukumati u yerga Shinjon, ya’ni yangi chegara deb nom bergan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi