Jahon meteorolog va iqlimshunoslari Yevropada kuzatilayotgan bu yilgi anomal jazirama Grenlandiya muzliklari erib ketishiga va muz muhofaza qalqoni yo‘qolishiga olib kelishidan tashvish bildirmoqda.
Shimoliy Afrikadan Yevropaga kirib kelgan isssiq siklon, endilikda, Grenlandiya tomon harakatlanmoqda, deb yozmoqda Reuters agentligi.
«Kuzatuvlar natijasiga ko‘ra, bu bizning xavotirlarimizga sabab bo‘lmoqda. Havo oqimi bu issiqni Grenlandiyaga olib boradi», - degan Butunjahon meteorologiya tashkiloti matbuot kotibi Kler Nullis BMTning Jenevada bo‘lib o‘o‘tgan navbatdagi brifingida.
Nullisning fikricha, bu Grenlandiyada 2012 yilda kuzatilganidek, muzlarning faol erishiga olib kelishi mumkin.
«Bu yuqori havo haroratiga olib keladi va natijada Grenlandiya muz qatlamlari erishining kuchayishiga zamin tug‘diradi. Biz, hozircha, uning 2012 yilgi darajaga chiqishini bilmaymiz, albatta», - degan Nullis.
Ma’lumotlarga ko‘ra, iyul oyidayoq muz muhofaza qalqoni 160 mlrd tonna muzdan mahrum bo‘lgan. Bu Olimpiya stadioni hajmidagi 64 millionta cho‘milish havzasiga teng.
Grenlandiya muz qo‘rg‘oni orolning 80 foizini egallaydi va bir necha ming yillar mobaynida qor qatlamlarining muzga aylanishi natijasida vujudga kelgan. Qayd etish joiz, Grenlandiyaya muz qoplami jahon iqlim tizimining muhim qismi hisoblanadi.
Muz gumbazi balandligi 3000 metrga yetadi, jami muz qoplamining hajmi taxminan 2,9 mln metr3ni tashkil etadi. U erisa, jahon dengiz sathini 7 metrga ko‘tarilishiga olib keladi. Grenlandiya muz qatlamining erishi katta iqlim o‘zgarishlariga olib keladi, chunki u Quyosh nurlarini koinotga qaytarish xususiyatiga ega.
Olimlarga ko‘ra, yana 1,5 yildan so‘ng, fojianing oldini olib bo‘lmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi