Foto: Getty Images
AQShning Ogayo shtatida 4 avgust kuni otishma sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net»ga tayanib Daryo.
Uni shu shtatda joylashgan Bellbruk shahrida yashovchi 24 yoshli Konnor Betts uyushtirgan. Xabarda aytilishicha, politsiya ertalab uning uyida tintuv o‘tkazgan.
Otishma sodir etganlikda gumonlangan yigitning singlisi mashinada otilgan holda topilgan. Konnor Betts uning do‘stini ham otgan, ammo u tirik qolgan. Ular otishmaning birinchi qurbonlari bo‘lgan, lekin boshqalardan keyinroq topilgan.
Otishma Deyton shahrida sodir bo‘lgan bo‘lib, jinoyatchi shahar markazida joylashgan Ned Peppers bari yaqinida odamlarni o‘qqa tutgan. Oqibatda hujumchi bilan birga 10 kishi halok bo‘lgan, 16 nafari yaralangan.
Avvalroq Texasning El-Paso shahrida otishma sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Hujum oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan, 26 nafari yaralangandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi