
Foto: «Naked-science»
«Rambler»ning yozishicha, kosmik makonda qora tuynuklar zamonlar osha sayohat qilish imkonini berishi mumkin. Hind fizigi Atarva Palshetkar ana shunday gipotezani ilgari surdi.
Buni qarangki, qora tuynuklarda vaqt cho‘ziladi, tashqarida esa daqiqalar mutlaqo boshqacha davomiylikda kechadi.
— Gipoteza asoslanganda, qora tuynukka yaqinlashganimizda vaqt me’yorda kechayotgandek tuyuladi, lekin tashqaridagi kuzatuvchilar uchun oradan ming yillar o‘tib ketishi hech gap emas. Mazkur hududga yaqinlashish soat millarining sekinlashishi bilan bog‘liq. Unga kirishga muvaffaq bo‘lganda tashqarida ko‘rgan hamma narsa tezlasha boshlaydi. Oila, farzandlar, nevaralar, yuzlab avlodlar sanoqli soat va daqiqalarda ulg‘ayib, vafot etadi. Gap milliard yillar haqida ketmoqda», — deb tushuntiradi tadqiqotchi.
Biroq bundan avval olimlar ulkan gravitatsion tortishish tufayli zamonlar osha sayohat qilish imkoniyatini rad etishgandi. Sayyoramizga eng yaqin qora tuynukka yetib borish uchun taxminan 6 523 yorug‘lik yilini bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Qora TuynuklarZamonlar OshaKosmik MakonVaqt Cho‘zilishiGravitatsion TortishishTashqaridagi Kuzatuvchilar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar