Quyoshda Yerdan 80 baravar katta plazma portladi

1 daqiqa o'qish2.7K
Quyoshda Yerdan 80 baravar katta plazma portladi

Quyoshda yana bir hayratlanarli kosmik hodisa kuzatildi, deb xabar berdi zamin.uz. 20 noyabr kechasi Quyoshning shimoliy qismida Yer diametridan 80 baravar katta ulkan plazma tuzilmasi shakllanib, kosmosga otilgan.

Olimlar bu ko‘tarilishni "qirol protuberansi" deb atashmoqda — chunki plazma tuzilmasining uzunligi bir million kilometrdan ham oshgan. Bunday ko‘rsatkich Quyoshda yillar davomida kamdan-kam uchraydigan gigant faollikdan dalolat beradi.

Qizig‘i shundaki, xuddi shu hududda uch kun oldin ham shunga o‘xshash kuchli plazma buluti otilib chiqqan. Mutaxassislar bu ikkala hodisa bir xil faollik markazi — 4274-raqamli hudud bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.

Ayni shu mintaqa yaqinda Yerdan ko‘rinadigan holatda bo‘lib, yilning eng kuchli chaqnashlaridan ikkitasini — X5.1 va X4.0 sinfidagi portlashlarni keltirib chiqargan edi. Hozir esa u Quyoshning orqa tomonida va to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib bo‘lmaydigan holda joylashgan.

Olimlar hodisani sinchiklab o‘rganmoqda. Ammo ayni paytda bu ulkan plazma chiqishi Yerga xavf solmasligi aytilmoqda — hodisa Quyoshning Yerga qarama-qarshi tomonida sodir bo‘lgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?