date

Ronaldu va Trampning Oq uydagi uchrashuvi barchaning e’tiborini tortdi

Ronaldu va Trampning Oq uydagi uchrashuvi barchaning e’tiborini tortdi

Portugaliya termasi va «Al Nassr» klubining yorqin hujumchisi Krishtianu Ronaldu AQSH prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda uchrashdi. Mazkur voqea jamoatchilik orasida katta qiziqish uyg‘otdi, Oq uy matbuot xizmati esa bu uchrashuvni qisqa, ammo diqqatni o‘ziga tortuvchi izoh bilan yoritdi:

«Ikki GOAT. CR7 x 45/47», — deya videoga izoh qoldirildi. Mazkur jumlada ham sport, ham siyosatda o‘ziga xos ramziy “eng zo‘rlar uchrashuvi” nazarda tutilgani kuzatildi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning AQSHga amaliy tashrifi munosabati bilan Oq uyda o‘tkazilgan tantanali kechki ziyofatning eng nufuzli maxsus mehmonlaridan biri sifatida taklif etilgan.

Qirollik klubi tarkibida 2023-yildan buyon to‘p surib kelayotgan Krishtianu bugungi kunda 40 yoshda bo‘lishiga qaramay, yuqori darajadagi o‘yini va mashhurlik nufuzini saqlab qolmoqda. Uning Oq uydagi ushbu uchrashuvi ham futbol muxlislari, ham siyosiy tahlilchilar tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Muxlislar orasida esa bir fikr yaqqol sezildi: dunyodagi ikki eng shov-shuvli shaxsning bir kadrda paydo bo‘lishi — 2025-yilning o‘ziga xos tarixiy lavhasi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Ronaldu va Trampning Oq uydagi uchrashuvi barchaning e’tiborini tortdi