date

JSST G‘azoda 40 ming bolani emlash rejasini boshladi

JSST G‘azoda 40 ming bolani emlash rejasini boshladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) G‘azo sektoridagi qisqa muddatli sulhdan foydalanib, 40 mingdan ziyod bolani turli infeksiyalarga qarshi emlashni rejalashtirganini ma’lum qildi. Al Arabiya xabariga ko‘ra, 9-noyabrda boshlangan emlash jarayonining sakkiz kunidayoq uch yoshgacha bo‘lgan 10 mingdan ortiq bola birinchi doza qabul qilgan.

JSST rahbari Tadros Adhanom Gebreesus 22-noyabrgacha bolalar qizamiq, tepki, qizilcha, difteriya, qoqshol, ko‘kyo‘tal, V gepatiti, sil, rotavirus, poliomiyelit va zotiljamga qarshi emlanishini aytdi. Kompaniya UNICEF, UNRWA va G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Keyingi bosqichlar dekabr va yanvar oylariga belgilangan.

Gebreesus sulh xalqaro tashkilotlarga G‘azoda tibbiy yordamni kuchaytirish va vayron bo‘lgan sog‘liqni saqlash infratuzilmasini tiklashda katta yordam berayotganini qayd etdi.

Ma’lumot uchun, BMT Xavfsizlik Kengashi 17-noyabr kuni AQSH prezidenti Donald Trampning G‘azo bo‘yicha rejasini ma’qullagandi. 2023-yil 7-oktyabrdan buyon davom etayotgan harbiy harakatlar oqibatida 69 500 dan ziyod falastinlik halok bo‘lgani aytiladi — ularning ko‘pchiligi ayollar va bolalardir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » JSST G‘azoda 40 ming bolani emlash rejasini boshladi