11:30 / 18.10.2019
2 761

Turkiya Suriyadagi operatsiyani to‘xtatadi. Vashington Anqaraga sanksiyalar qo‘llamaydi

Turkiya Suriyadagi operatsiyani to‘xtatadi. Vashington Anqaraga sanksiyalar qo‘llamaydi
Foto: Time
AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens Anqarada prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan o‘tkazilgan muzokaralardan keyin Turkiyaning Suriyadagi harbiy harakatlarni 120 soat davomida Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari hududdan chiqib ketishi uchun to‘xtatib turishi haqida ma’lum qildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

«Bugun (17 oktyabr) AQSh prezidenti Donald Trampning samarali boshqaruvi hamda Amerika va Turkiya o‘rtasidagi uzviy aloqalar sabab Suriyadagi harbiy harakatlar to‘xtatiladi. Turk tomoni Kurdiston ishchi partiyasi vakillari xavfsiz hududga ko‘chib olishi uchun «Tinchlik bulog‘i» operatsiyasini 120 soatga to‘xtatadi», - deya qayd etgan Pens.

Vitse-prezidentning so‘zlariga ko‘ra Vashington va Anqara Suriya chegarasida qochoqlar uchun «xavfsiz hudud» tashkil etishni kelishib olgan.
AQSh hamda Turkiya Suriya chegarasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash xalqaro jamoatchilik darajasida muzokaralar o‘tkazib «xavfsiz hudud» tashkil etishga kelishib oldi.
Maykl Pens, AQSh vitse-prezidenti

U AQShning Turkiya harbiy harakatlar amalga oshirayotgan Suriya shimoli-sharqidan kurd jangarilarining olib chiqib ketilishini ta’minlashgamas’ul ekanligini ma’lum qildi.

Shuningdek, Pens AQShning Turkiyaga nisbatan yangi sanksiyalar qo‘llamasligini va Vashingtonning avvalgi cheklovlarini Suriyadagi operatsiya to‘xtatilganidan keyin bekor qilinishini bildirdi.

Ushbu xabarga AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu xabarlarga Twitterdagi sahifasi orqali munosabat bildirdi.
«Turkiyadan ajoyib xabarlar oldim!.. Millionlab odamlar hayoti saqlab qolindi», - deb yozgan Donald Tramp.

Turkiyaning Suriya shimoli-sharqidagi «Tinchlik bulog‘i» harbiy operatsiyasi davomida mamlakat mudofaa vazirligi bugun bergan ma’lumotga ko‘ra jami 673 nafar «terrorchi» yo‘q qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya Suriyadagi operatsiyani to‘xtatadi. Vashington Anqaraga sanksiyalar qo‘llamaydi