3 700
Imomali Rahmonning tansoqchilari Parijda tojik muxolifatchilari bilan mushtlashib ketishdi
Joriy yilning 7 noyabr kuni kechqurun, Tojikistonda taqiqlangan «Guruh 24» muxolifat harakati tarafdorlari mamlakat prezidentining xavfsizlik xizmati xodimlari bilan Parij markazida mushtlashib ketishdi. Imomali Rahmon 7 noyabr kuni kechqurun Shveysariyadan Yevropa safari doirasida Parijga keldi, deya xabar beradi «Kun.uz» nashri.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, «Guruh 24» tarafdorlari Fransiya-Tojikiston ishbilarmonlar kengashi a’zolari bilan uchrashuv joyiga yaqin yerda Imomali Rahmonning siyosatiga qarshi shiorlar aytib baqirishgan. Shu payt prezidentning tansoqchilari namoyishchilar oldiga yaqinlashishgan va tarqalishni talab qilishgan, ammo dahanaki jang haqiqiy mushtlashuvga aylanib ketgan.
Namoyishchilarning xabar berishicha, mushtlashuvdan so‘ng voqea joyiga 50ga yaqin fransuz jandarmi va tez tibbiy yordam mashinasi yuborilgan. Jandarmlar tojik muxolifati va Tojikiston prezidentining xavfsizlik xizmati xodimlari o‘rtasiga turib olishgan hamda Imomali Rahmonning fransuz-tojik ishbilarmonlar kengashi doirasida fransuz ishbilarmonlari bilan uchrashadigan joyiga yaqinlashishga imkon berishmagan.
Imomali Rahmon o‘z safarini 4 noyabr kuni Shveysariyadan boshladi va 5 noyabr kuniyoq «Guruh 24» tarafdorlari Shveysariya poytaxti deb hisoblanuvchi Bern shahrida birinchi norozilik piketini o‘tkazishdi.
7 noyabr kuni kechqurun Rahmon Fransiyadagi tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashdi, shundan so‘ng bir qator hujjatlar imzolandi. Imzolangan hujjatlar orasida «Talko» va Fransiyaning Fives kompaniyasi o‘rtasida 200 million yevro miqdoridagi kelishuv ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi