Foto: Reuters
Vakillar qo‘mitasi eshituvlarni boshlashi bilan Trampga bildirilgan ishonchsizlik votumi yangi bosqichga ko‘tarildi, deb xabar beradi The Washington Post.
Impichmentda Myuller qatnashadimi?
Vakillar palatasida asosiy diqqat Ukrainaga qaratilgan.
Huquq qo‘mitasi raisi Jerold Nadler Trampni Myullerga Ukraina va Rossiya borasidagi surishtiruvga xalaqit berganlikda ayblab chiqdi.
Maxsus prokuror R. Myuller Tramp odil sudlov tizimiga xalaqit bergan-bermagani haqida churq etmadi. Myuller, aksincha, amaldagi prezidentni sudga tortib bo‘lmaydi degan xulosa berdi. Shu bilan bir qatorda, u besh holatda Trampni mahkamaga tortishga asos borligini yashirib o‘tirmadi. Bu nutqdan so‘ng demokratlar Myullerni impichmentga jalb etish lozim demoqda.
Professor Pamela Karlan jamoatchilik diqqati markazida
Stenford universitetida huquqshunos bo‘lib ishlaydigan professor Pamela Karlan eshituv davomida asosiy faktlarga yetarli e’tibor berilmayotgani haqida bong urdi. U chiqishi mobaynida amaldagi prezidentning ashaddiy himoyachisi bo‘lgan vakillar palatasi a’zosi, respublikachi Duglas Kollinzni beayov tanqid qildi. Respublikachilar ham mum tishlab qolmadi.
Oq Uy matbuot kotibi Stefani Girisham Karlan impichmentga daxldor bo‘lmagan shaxslarni ham ayblayotgani Stenford universiteti professori uchun uyat ekanini bildirdi.
Karlanni tanqid qilganlar orasida Oq Uyning birinchi xonimi ham bor:
«Voyaga yetmagan o‘smir daxlsizlik huquqiga ega. Uni siyosatga tortishlari maqbul emas. Pamela Karlan, aybsiz go‘dakni siyosatdagi mojarolarga tortayotganingizdan uyalsangiz bo‘lar edi».
A minor child deserves privacy and should be kept out of politics. Pamela Karlan, you should be ashamed of your very angry and obviously biased public pandering, and using a child to do it.
— Melania Trump (@FLOTUS) December 4, 2019
Trampni himoya qilishni istamayotgan respublikachi
Respublikachilar partiyasi vakili, Jorj Vashington universiteti professori Jonatan Terli qo‘mitadagi so‘rovlarga yaxshigina tayyorlanib keldi. U so‘z boshidayoq Trampni hurmat qilmasligini, ammo u impichmentga loyiq emasligini ta’kidladi. U Tramp tarafdori emasligini, o‘tgan saylovda unga qarshi ovoz berganini, uning matbuotdagi chiqishlarig tanqidiy qarashini aytib o‘tdi.
Shu bilan birga, u Trampning Ukrainadagi siyosati prezidentga qarshi impichment uchun asos bo‘la olishini urg‘ulab o‘tdi.
Jonatan Terli prezident Trampga qarshi dalillar berar ekan, unga qarshi impichment shitob bilan borayotganini ham aytib o‘tdi. Xususan, Terli «yetarli asosga ega bo‘lmagan ish yuzasidan» amaldagi prezidentni bo‘shatish yaxshi emasligini aytib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi