23:25 / 30.12.2019
3 433

Olmaotadagi aviahalokatga boshqa samolyot qoldirgan “iz” sabab bo‘lgani aytildi

Olmaotadagi aviahalokatga boshqa samolyot qoldirgan “iz” sabab bo‘lgani aytildi
Foto: Timur Batirshin / RIA Novosti
Bek Air aviakompaniyasi parvoz xizmati rahbari Erik Saparov Olmaota aeroportidan uchish vaqtida aviakompaniyaning samolyoti qulashiga undan avval parvoz qilgan samolyot qoldirgan “iz” sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Saparovning ta’kidlashicha, samolyot havoga ko‘tarilganda o‘z ortidan uyurmaga o‘xshash iz qoldiradi. Mutaxassisning aytishicha, aviahalokatga uchragan Fokker 100 samolyoti oldidan yangi dvigatellarga ega va 89 tonnalik Airbus 321 havoga ko‘tarilgan. Bir daqiqadan keyin uning ortidan uchgan Bek Air aviakompaniyasi samolyoti yon tomonlarga chayqala boshlagan va buning oqibatida balandlikni yo‘qotib, yerga qulagan.

“Airbus havoga ko‘tarilgan vaqtga e’tibor bering – soat 07:19. Uning tezligi 184 uzelni tashkil qilgan. Bizning Fokker 100 esa soat 07:20da havoga ko‘tarilgan, tezligi 155 uzel bo‘lgan. Fokker 100 oldidan uchgan samolyot o‘z ortidan kuchli uyurma qoldirgan”, deb aytgan Saparov aviahalokat tergoviga bag‘ishlangan matbuot anjumanda.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, samolyotlar parvozlari orasidagi interval kamida 2 daqiqa bo‘lishi kerak edi. “Ob-havo sharoiti normal bo‘lgan. Biz taxmin qilayotgan sabablardan biri uyurma iz hisoblanadi”, deyilgan kompaniyada.

Olmaota-Nur-Sulton reysini bajargan yo‘lovchi samolyoti havoga ko‘tarilishi vaqtida balandlikni yo‘qotib, dastlab beton devorga, so‘ngra ikki qavatli uyga borib urilgan. Samolyot bortida bo‘lgan 98 kishidan 12 nafari halok bo‘lgan, 49 nafari jarohat olgan.

Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, samolyotning halokatiga olib kelgan sabablardan biri navigatsiya xizmatlari xatosi hisoblanadi. Shuningdek, boshqa sabablar orasida uchuvchilarning xatoga yo‘l qo‘ygani va samolyotning texnik nosozligi ham aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olmaotadagi aviahalokatga boshqa samolyot qoldirgan “iz” sabab bo‘lgani aytildi