Foto: Arab News
Saudiya Arabistoni qurolli kuchlari safida faqat ayollardan iborat birinchi harbiy bo‘linma o‘z faoliyatini boshladi, deya xabar berdi Arab News'ga tayanib Daryo.
Ta’kidlanishicha, Saudiya Arabistoni qurolli kuchlari shtab boshlig‘i general Fayod ar-Ruvayli Saudiya armiyasida birinchi ayol harbiy bo‘linmasining faoliyatiga start bergan.
2019 yil oktabrda Saudiya Arabistoni hukumati ayollarga quruqlik kuchlari, harbiy havo kuchlari, harbiy dengiz kuchlari, havo mudofaasi kuchlari, tibbiy xizmat va strategik raketa kuchlari safiga kichik kapral, kapral, serjant va shtab serjanti sifatida qo‘shilishiga ruxsat bergandi.
Saudiya Arabistoni qiroli Salmonning o‘g‘li shahzoda Muhammad taxt vorisi bo‘lgandan buyon qirollikda juda ko‘p o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu, birinchi navbatda, ayollarning jamiyatdagi o‘rniga ta’sir ko‘rsatdi. Ayollarga mashina boshqarishga, sport musobaqalarini tomosha qilish uchun maydonlarga borishga, armiya va politsiyada xizmat qilishga ijozat berildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi