Isroil ichki ishlar vaziri Are Deri Isroil fuqarolariga Saudiya Arabistoniga safarlar amalga oshirishga ruxsat beruvchi hujjatni imzoladi. Bu haqda Haaretz nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bu Isroilda ilk bor yuz bermoqda. Biroq ba’zi isroilliklar, asosan arablar hukumatning rasmiy ruxsatisiz Saudiya Arabistoniga oldin ham bora olishgan.
“Bu isroilliklarga Saudiya Arabistoniga diniy ziyoratlarni yoki 90 kungacha muddatga ishchi safarlarni amalga oshirish imkonini beradi”, deyilgan xabarda.
Isroil ichki ishlar vazirligining ushbu qarori birinchi navbatda isroillik arablarga taalluqli bo‘ladi. Endi ular Saudiya Arabistonidagi muqaddas qadamjolarga hech qanday qarshiliksiz bora olishadi.
Isroilliklar Saudiya Arabistoniga tashrif buyura olishi uchun podshohlikning mutasaddi idoralaridan kirish vizasini olishlari kerak bo‘ladi. Ar-Riyod bilan diplomatik munosabatlarga ega bo‘lmagan Isroilda Saudiya Arabistoni elchixonasi mavjud emas. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi