Tramp Bollivud filmi asosida ishlangan va bosh qahramon rolida o‘zi aks etgan rolikni tvitterda 23 fevralda joylashtirgan.
AQSH prezidenti videoda “Baxubali: afsonaning paydo bo‘lishi” hind filmi bosh qahramoni qiyofasida namoyon bo‘lgan.
@Solmemes1 taxallusli foydalanuvchi tomonidan ishlangan rolik syujetiga ko‘ra respublikachi Tramp Demokratik partiyadagi raqibini mag‘lub etib, olqishlarga sazovor bo‘ladi.
Videoda qahramonlar qiyofasida, shuningdek, Trampning rafiqasi Melaniyani, qizi Ivankani turmush o‘rtog‘i Jared Kushner bilan hamda Hindiston bosh vaziri Narendra Modini rafiqasi bilan birga ko‘rish mumkin.
Look so forward to being with my great friends in INDIA! https://t.co/1jdk3AW6fG
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) February 22, 2020
Videoga izohda u Trampning 24-25 fevral kunlari Hindistonga amalga oshiradigan safariga bag‘ishlangani aytilgan.
Tramp Twitter ijtimoiy tarmog‘ining faol foydalanuvchisi hisoblanadi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali AQSH va dunyoda yuz berayotgan siyosiy hamda ijtimoiy voqealarga o‘z munosabatini bildirib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi