Foto: The Gal Times
Yaponiya hukumati transportlarda koronavirus yuqtirmaslik uchun barcha vazirlik va idoralarga imkon qadar xodimlarini uyda ishlashga o‘tkazish va ularning ofisda bo‘lish vaqtini o‘zgartirish vazifasini topshirdi.
«TASS»ning xabar berishicha, bu haqda 25 fevral kuni Tokioda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosihide Suga ma’lum qilgan.
Uning aytishicha, kasallikning oldini olish va yuqtirgan odamlar soni ko‘paymasligi uchun yangi choralar ko‘rish zarur.
Avvalroq iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Xirosi Kadziyama Tokioda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida hukumat xususiy biznes assotsiatsiyasiga ham shunday talab bilan murojaat qilganini ma’lum qilgan. Unda tadbirkorlarga xodimlarini masofaviy ishlash tizimiga o‘tkazish va ularning ofislarga kelish vaqtini keyinga surish taklif qilingan.
Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 2,6 ming kishidan oshib ketdi.
Avvalroq Xitoyning Rossiyadagi elchisi XXRda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqilganini ma’lum qilgan edi. Jeki Chan koronavirusga qarshi vaksina yaratgan insonga 143 ming dollar va’da qilgan.
Koronavirus epidemiyasi sababli Xitoyning eng yuqori qonun chiqaruvchi organi — Butunxitoy xalq vakillari kengashi (BXXVK)ning doimiy qo‘mitasi dushanba kuni har ikki oyda bir marta o‘tkaziladigan navbatdagi sessiyaning ochilishida yillik sessiyani keyinga qoldirish haqida qaror qabul qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda