09:53 / 03.03.2020
3 438

Germaniya ichki ishlar vaziri Merkel qo‘lini siqishdan bosh tortdi (video)

Germaniya ichki ishlar vaziri Merkel qo‘lini siqishdan bosh tortdi (video)
Germaniya ichki ishlar vaziri Xorst Zeyexofer koronavirus tarqalishi ortida mamlakat kansleri Angela Merkelning qo‘lini siqishdan bosh tortdi. Bu haqda Bild nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Berlinda migrantlar birlashmalari vakillari bilan uchrashuvda Merkel Zeyexoferning yonidan o‘tayotib, so‘rashish uchun unga qo‘lini uzatgan. Biroq vazir kanslerning qo‘lini siqishdan bosh tortgan. Merkel buni hazil bilan qabul qilib, ikki qo‘lini tepaga ko‘tarib, vazirga kaftlarini “mana, hech narsa yo‘q” degandek qilib ko‘rsatgan. Natijada ular va atrofdagilar bu vaziyatni kulgu bilan qarshilashgan.

Germaniya matbuotida ma’lum qilinishicha, Zeyexofer koronavirus tarqalishi sababli qo‘l siqishishlardan voz kechishga qaror qilganini aytgan.
Ayni vaqtda Germaniyada koronavirusga chalinish bo‘yicha 150 ta holat qayd qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya ichki ishlar vaziri Merkel qo‘lini siqishdan bosh tortdi (video)